Magistratura tarixi
 O`quv jarayoni

 Magistrlik dissertatsiya mavzulari

 Mutaxassisliklar
 Ilmiy faoliyat. Konferensiya

 Xalqaro aloqalar

 Ma'naviy va ma`rifiy ishlar

 Taklif va mulohazalar

 Stipendiatlar

 Umummetodoligik fanlar:
 Dasturlar va ishchi rejalar
 Magistrantlar
 O`qituvchilar
 Dars jadvali
 Foto galeriya
 Yangiliklar

 E`lonlar

 Contact

 

 

 Magistraturada o`quv jarayoni

    Magistratura bo`limi  universitet   o`quv-uslubiy boshqarma  tasarrufida faoliyat yuritadi.

     Hozirgi kunda magistrantlarimizga 4 nafarakademik, 47 nafar fan doktori, professorlar va 100 dan ortiq  fan nomzodi, dosentlar fan sirlarini o`rgatmoqdalar.  Magistrlik dissertasiyalari mavzularining  dolzarbligi, ya’ni uning bevosita xalq xo`jaligi va ishlab chiqarishga bog`liqligini ta’minlash maqsadida dissertasiyalarga ilmiy  rahbarlar bevosita ishlab chiqarishdan va Respublika Fanlar  Akademiyasi va tarmoq  institutlarining  yetakchi mutaxassis-olimlari  taklif qilingan. Masalan, yadro fizikasi mutaxassisligida ta’lim oluvchi  magistrantlarga O`zMU qoshidagi «Amaliy yadro fizikasi» ITI direktori akademik T.M.Mo`minov, O`zR FA Yadro fizikasi institutidan professorlar  U.S.Solixboyev, K.O.Olimov, tarix yo`nalishidagi magistrantlarga O`zFA  Sharqshunoslik institutidan akademik A.Axmedov, arxeologiya bo`yicha O`zMU  professori akademik Yu.F.Buryakov, O`zFA til va adabiyot institutidan professor E. Begmatov, O`zMU professori Yo.T.Tojiyev, O`zFA Botanika instituti professori  O`.Pratov, O`zFA elektronika instituti professorlari U.Rasulov, A.Jo`raxolov, M.Bahodirxonov, O`zFA Arxeologiya institutidan professorlar M.Isomiddinov,  A.Berdimurodovlar, O`zFA Samarqand bo`limidan akad. T.Shirinqulov, prof. Xo`jayorov.B, Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti yetakchi olimlari professorlar B.Yorqulov, A.O`rolov, J.Oqilov, Samarqand qishloq xo`jalik institutidan professorlar Sh.T.Xoliqulov, F.Xoshimov, P.Uzoqovlar, Iqtisodiyot va servis institutidan D.H.Aslanova va boshqalar shular jumlasidandir.     Magistraturada o'quv jarayonini samaradorligini va tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning sifatini oshirish masalalariga fakultetlarda va mutaxassislik kafedralarida jiddiy e'tibor qaratilmoqda jumladan, Tarix va falsafa fakultetida prof. M.Jo`raqulov rahbarligida «Arxeologiya», prof. B.Normurodov boshchiligidagi «Sosiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi», prof. Sh.Pirimqulov rahbarligidagi "Umumiy tarix", prof. SH. G'afforov rahbarligida "Vatan tarixi", Tabiiy fanlar fakultetida professorlar J.Xo`jayev va Z.Izzatullayevlar, dots. M.Safin rahbarlik qilayotgan «O`simliklar fiziologiyasi», «Odam va hayvonlar fiziologiyasi», «Biokimyo»,"Ekologiya" prof. L.Alibekov boshchiligidagi «Fizik geografiya", prof. A.Nasimov rahbarligidagi "Anorganik kimyo", "Landshaftlar geofizikasi va geokimyosi», Fizika-matematika fakultetida prof. A.Soleyev rahbarligidagi «Geometriya va topologiya», «Matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi», prof. S.Laqayev boshchiligidagi «Matematik fizika», professorlar O.Quvondiqov, L.M.Sobirov va B.Maxmudovlar rahbarligidagi «Magnit hodisalar fizikasi", "Lazer fizikasi" va "Geliotexnika va quyosh energiyasidan foydalanish", professorlar H.To`rayev va I.Jumanovlar rahbarligida «Optimallashtirish va optimal boshqaruv», «Informatika», Filologiya fakultetida professorlar H.Umurov, I.Mirzayev, S.Karimov, D.Salohiylar rahbarligida "Tarjima nazariyasi va amaliyoti", "Lingvistika", "Kasb-hunar fanlarini o'qitish metodikasi"«Adabiyotshunoslik", Pedogogika va Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya fakultetlaridagi "Pedogogika va psixologiya", "ismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya" kabi o`nlab mutaxassisliklar bo`yicha ta’lim olayotgan magistrantlar samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Bundan tashqari birinchi blokdagi umummetodologik fanlardan ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarni  professorlar Sh.Qo`shoqov, N.Shodiyev, I.Jumanov, dosentlar M.Madirimova, R.Rejepov, J.Ibodullayev N.Mingboyev, M. Sharopov, J. Vafayeva va Z.Karimovlar mazmunli o`tishmoqda

>>>>>>

 
  SamDU elektron po'chta
User
Pass         
                    Linklar

 


Design by Sherzod