Magistratura tarixi
 O`quv jarayoni

 Magistrlik dissertatsiya mavzulari

 Mutaxassisliklar
 Ilmiy faoliyat. Konferensiya

 Xalqaro aloqalar

 Ma'naviy va ma`rifiy ishlar

 Taklif va mulohazalar

 Stipendiatlar

 Umummetodoligik fanlar:
 Dasturlar va ishchi rejalar
 Magistrantlar
 O`qituvchilar
 Dars jadvali
 Foto galeriya
 Yangiliklar

 E`lonlar

 Contact

 

 
 Magistratura tarixi

Respublikamizning yetakchi ta’lim muassasalari qatorida Samarqand davlat universitetida ham magistratura ta’limi 1999 yilda tashkil etilib, 21 mutaxassiclikka 78 nafar magistrant qabul qilingan bo`lsa, 2005-2006 o`quv yilida mutaxassisliklar soni 62 taga yetib, magistrantlarni qabul qilish rejasi esa 227 taga yetdi. 2001-2005 yillar davomida universitetni 64 mutaxassislik bo`yicha 597 nafar magistr bitirib, Respublikamiz xalq xo`jaligining turli sohalarida, kichik biznes va xususiy korxonalarda hamda ta’lim tizimining turli yo`nalishlarida samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Shuningdek bitirgan magistrantlarning 99 tasi aspiranturada o`qidi va o`qimoqda, 7 tasi fan nomzodligi dissertasiyasini himoya qilgan bo`lsa, 203 nafar magistrant kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va boshqa ta’lim muassasalarida mehnat qilishmoqda. 2005-2006 o`quv yilida 43 mutaxassislik bo`yicha 135 nafar talaba to`lov-shartnoma asosida 64 talaba davlat granti asosida qabul qilindi. Bu esa o`tgan yildagidan 24 nafar (14%) ko`pdir. 2006 yilda 62 mutaxassislik bo`yicha 172 nafar talaba magistr darajasiga ega bo`lishi kutilmoqda.

«Respublikamizda yuqori malakalimutaxassislar«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko`ra oliy ta’lim tizimida tashkil etilgan magistratura ta’limi orqali tayyorlanmoqda va bu sohada ma’lum yutuqlar qo`lga kiritildi. Ammo shu bilan birgalikda magistratura o`quv jarayonining samaradorligini oshirish mutaxassislik kafedralarida tayyorlanayotgan magistr - kadrlarni sifatini jahon andozalariga moslashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Magistraturamizda Jizzax, Navoiy,Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg`ona vodiysi viloyatlarining hamda Samarqand shahridagi turli oliy o`quv yurtlaridan qabul qilingan 80 dan ortiq magistrantlar tahsil oldilar...>>>>

 
  SamDU elektron po'chta
User
Pass         
                    Linklar

 


Design by Sherzod