O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiasi sovrindorlari
|
Xudoyberdiyev Sharof Abdimalikovich. 1981 yil 7 noyabrda Samarqand shahrida tug’ilgan. 1999 yil SamDCHTI qoshida litseyni tugatib, SamDU Biologiya fakultetiga imtiyozli tarzda qabul qilingan. Xalqaro (Turkmaniston 1997 yil, Germaniya 1998 yil) va respublika (1999-2000 yillar Toshkent) olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib yuqori o’rinlarni egalladi. 2003 yilda “biotexnologiya” mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul qilindi. Hozirgacha Yurtboshimiz dastxati yopzilgan kitob, xalq ta’limi vazirligi fahriy yorlig’i, Ulig’bek (2001), Beruniy (2003) va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiasi (2004) soxibi va O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni sovrindoridir.
Hamraqulova Shoxista Shamsiddinovna. 1983 yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug’ilgan. Maktabni a’lo baxoga tugatib, SamDU Tarix fakultetiga o’qishga qabul qilingan. Xalqaro va Respublika miqiyosida o’tkazilgan anjuman va ko’rik tanlovlar g’olibidir. O’qishdagi yutuqlai uchun Amur Temur stipendiyasi (2004 yil) va 2004 -2005 o’quv yilida tarix yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiasi sovrindori bo’lgan. 2005 yilda “Umumiy tarix” mutaxassisligi bo’yicha iltiyozli ravishda magistraturaga qabul qilingan. 2005 yilda “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.
Arabboyev Shavkat Umidovich. 1983 Surxondaryo Viloyati Termiz shahrida tug’ilgan. 2000 yilda o’rta maktabni a’lo baholarga tugatib SamDUning Informatika va information tenologiyalar fakultetiga grant asosida o’qishga qabul qilingan. 2003-2004 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2004-2005 o’quv yilida “Informatika” mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul qilingan. 2005-2006 o’quv yilida esa “Informatika” yonalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiasi sovrindori bo’lgan.
|