Magistratura tarixi
 O`quv jarayoni
 Mutaxassisliklar
 Ilmiy faoliyat. Konferensiya

 Xalqaro aloqalar

 Ma'naviy va ma`rifiy ishlar

 Taklif va mulohazalar

 Stipendiatlar

 Umummetodoligik fanlar:
 Dasturlar va ishchi rejalar
 Magistrantlar
 O`qituvchilar
 Dars jadvali
 Foto galeriya
 Yangiliklar

 E`lonlar

 Contact

 

 
 Magistratura

Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko'ra oliy ta'limning yuqori bosqichi bo'lgan magistratura ta'limi Respublikamizda birinchi marta 1999 yilda joriy etildi.

Magistratura - bakalavriat negizida o'qish muddati kamida ikki yil bo'lgan aniq mutaxassislik bo'yicha bilim beradigan Oliy ta'lim tizimidir. (O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limining me'yoriy hujjatlari, 9-bet). Magistratura ta'limi - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305 sonli buyruq bilan tasdiqlangan. "Magistratura haqida Nizom" (Oliy ta'lim me'yoriy hujjatlar to'plami, 221 -bet)

 Magistratura ta'limi yutuqlari

2004 yil sentyabr oyida magistrantlarning 8 nafari ta'limning 6 yo`nalishi buyicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashdi, ulardan 4 nafari tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. "Fizika-matematika va kimyo-biologiya" yo`nalishi bo`yicha tanlovda qatnashgan "Biotexnologiya" mutaxassisligi ikkinchi bosqich magistranti Sharof Xudoyberdiyev SamDU magistraturasi tarixida ilk bor O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldi. 2005 yilda xuddi shunday sharafli nomga"Informatika" mutaxassisligi 2 bosqich magistranti Sh.Arabboyev ham sazavor bo'ldi.

  Xalqaro aloqalar 

2003 yilda respublikamizda birinchi marta Samarqand Davlat universitetida Italiyaning Boloniya universiteti bilan hamkorlikda «Arxeologiya», «Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari», «Muzeyshunoslik, konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash» mutaxassisliklari bo`yicha qo`shma magistratura tashkil etildi. Bu yo`nalishda ta’lim oluvchi magistrantlarga ma’ruzalarni bir qismini Boloniya va Rim universitetlari olimlari o`qishmoqda. 2004 yil 6 noyabr kuni qo`shma magistraturaning yuqorida qayd etilgan mutaxassisliklari bo`yicha bitirgan ilk magistrlariga Boloniya universiteti diplomlarini universitet rektori T.Shirinov va Italiyalik olim S. Messiniyeolar tantanali ravishda topshirdilar. Hozirda magistrlarimiz Chexiya, Polsha, Angliya, AQSH, Germaniya, Koreya, Rossiya, Shvetsariya kabi rivojlangan davlatlarning nifuzli universitetlarida tahsil olishmoqda.

 
  SamDU elektron po'chta
User
Pass         
                    Linklar

 


Design by Sherzod