Magistrantlarning ilmiy faoliyati. Ilmiy konferentsiyalar
|
Ilmiy faoliyat talabalarning uch turdagi
faoliyatini o’z ichiga olib, o’quv rejaning 41% yuklamalari fanlarni
o’rganishga ajratilgan bo’lsa, qolgan 59% talabalarning ilmiy faoliyatini
qamrab oladi:
1. Ilmiy pedogogik amaliyot.
Bu amaliyot 1-3 semestrlarda amalga oshiriladi hamda bakalvriatda amalga
oshiriladigan pedogogik amaliyotdan tubdan farq qiladi. Magistraturada
talaba bakalavriat, kollej, litsey va o’rta umumta’lim talaba va o’quvchilari
berilgan mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlat
o’tish bilan chegaralanmasdan bakalavriat tizimida ta’limga oid meyoriy
hujjatlarni o’rganish, ularni tuzish, ma’ruza matnlarini va amaliy mashg’ulot
darslari dasturlarini tayyorlash bilan ham mashg’ul bo’ladilar.
Universitetimizda bu amaliyot tegishli kafedra va fakultetlarda shuningdek
viloyat kasb-hunar kolllejlarida va akademik litseylarda o’tkazib kelinmoqda.
2. Ilmiy tadqiqot amaliyoti. Bu turdagi amaliyot 2-4 semestrlar
davomida kafedra ilmiy laboratoriyalarida, kutubxonalarda, muzeylarda
magistrlik dissertasiyasi bo’yicha ilmiy rahbar rahbarligida o’tkasziladi.
Talabalarning bu faoliyati magistratura markazida ishlab chiqilgan maxsus
dastur “Magistrantning ilmiy-tadqiqot amaliyot kundaligi” asosida olib borilad
va har semestrda attestatsiya qilinadi.
3. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlash.
Magistrantning bu faoliyati ham 2-4 semestrlar davomida amalga oshiriladi va u
talabaning ilmiy tadqiqot amaliyoti bilan bog’liq xolda ilmiy rahbar
boshchiligida olib boriladi. Talaba
4-semestr davomida faqatgina 2-3
bandlardagi faoliyat bilan mashg’ul bo’ladi. Bundan ko’rinadiki haqiqatdan ham
o’quv rejasida ko’rsatilganidek magistrantning aksariyat vaqtini uning ilmiy
faoliyati band etadi. Universitetda magistrantlarning ilmiy-pedagogik
faoliyati, ularning magistrlik dissertasiyalarini bajarishlari uchun keng
imkoniyatlar yaratilgan. Universitetda yuqori ilmiy salohiyatga ega bo`lgan
professor-o`qituvchilar, zamonaviy o`quv va ilmiy laboratoriyalar, ilmiy
tadqiqotlari bilan dunyoga mashhur ilmiy maktablar, ko`p ming nusxali nodir
sharq qo`lyozmalari va o`quv hamda ilmiy adabiyotlarni o`zida
mujassamlashtirgan zamonaviy kutubxonalar magistrantlar
uchun ham xizmat ko`rsatmoqda. Universitetimiz olimlari magistrantlar bilan
birgalikda nufuzli xalqaro dasturlar, hamda davlat dasturlariga kiruvchi Fan va
texnologiyalar markazi grantlari bo`yicha fan va texnikaning ustivor
yo`nalishlari sohasida ham faol ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ťozirda 38 ta kafedrada magistratura ta’limi mavjud
bo`lib, shundan 17 ta mutaxassislik kafedralarida 30 dan ortiq magistrantlar
grant asosida faoliyat ko`rsatayotgan mavzularda ilmiy tadqiqiot ishlarida ishtirok
etishmoqda.
Universitetimizda bajarilayotgan magistrlikdissertasiyalari hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda fan-texnika va
xalq xo`jaligining turli sohalari bo`yicha dolzarb muammolarni yechishga
qaratilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning vazifalarini bajarishga,
Respublikamizning iqtisodiyotini yuksaltirishga yo`naltirilgan 50 dan ortik
magistrlik dissertasiyalari bajarildi. Masalan, 2003-2004 va 2004-2005 o`quv
yillarida «Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti» mutaxassisligi magistrantlari
F.A.Nasimovaning «O`zbekistonda mehnat bozorining shakllanishi va
rivojlanishida kichik va o`rta biznesning o`rni», Sh.Ibragimovning «Kichik va
o’rta korxonalarda ish haqi va uni tashkil etish xususiyatlari (Samarqand
shahri korxonalari misolida)», menejment mutaxassisligi magistranti D.Burxanovaning
«Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatini tashkil etish va boshqarish
(Parvina-bank misolida), A.Azimovning «Biznesni boshqarishda hozirgi zamon
axborot texnologiyalari va tizimlarining ta’siri (Samarqand shahri misolida)
Xolboyev Shahriyorning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy
ahamiyati» (Samarqand viloyati misolida), Isroilov Bektoshning «Sivilizasiya va
ijtimoiy taraqkiyot muammolari» mavzusidagi dissertasiyalari shular
jumlasidandir.
Hozirgi kungacha magistrantlarning 5 marta ilmiyanjumanlari o’tkazildi. 2005 yil 8-9 aprel kunlari bo`lib o`tgan
magistrantlarning V ilmiy anjumanida 300ga yaQin magistrantlar o`z ma’ruzalari
bilan qatnashdilar. Shulardan eng yaxshi ma’ruza qilgan 16 nafar magistrant
universitet rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg`alar va pul mukofotlari bilan
takdirlandi. Anjuman materiallari esa 2 qismdan iborat to`plam shaklida nashr
etildi. To`plamdan AndijonDU, SamDAQI, SamSXI, JizDPI magistrlarining ham ilmiy
maqolalari o`rin olgan... >>>>>>
|