|
Magistraturamiz ancha yosh bo`lishiga qaramasdan xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatib magistrlik dissertasiyalarini bajarishlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishlari samarali yo’lga qo’yilgan. Masalan magistrantlarimizdan Mo`minov Azamat va Elomov Feruzlar Moskva davlat universitetida (Rossiya), Musayev Shoximardon – AQSh, Jabborov Abduaziz va Malikov Muzaffarlar – Buyuk Britaniya, Quvvatov Mashrab – Germaniyaning oliy o’quv yurtlarida tahsil olib qaytishdi. Universitetda nazariy fizika mutaxassisligi bo’yicha magistraturani bitirgan Adjimambetov Ridvan AQShning Kornuyel universiteti aspiranturasida tahsil olmoqda. Hisoblash matematikasi mutaxassisligi magistri Asadov Zafar ACCELS granti sovrindori bo’lib AQShning Nyu-York shahridagi universitetlardan biriga aspiranturaga o’qishga kirdi. Hozirda, matematika yo’nalishida ta’lim olgan 5 nafar magistrantlarimiz tanlov g`olibi bo`lib, Chexiya Respublikasida o`qishmoqda.. Hozirda magistrlardan Skorobogatova Olga (Angliya), Niyozov Abdurasul Varshava universiteti (Polsha), Xodjayev Davlat a Sattarov Matlabjonlar Koreya Seul respublikasida, Axmedjanova Zumrad AQShda, Nyu York universitetida, Ismoilov Ulug`bek AQShda, Xudoyberdiyev Sharof Germaniyada Geydelberg universitetida taxsil olishmoqda.
2003 yilda respublikamizda birinchi marta Samarqand Davlat universitetida Italiyaning Boloniya universiteti bilan hamkorlikda «Arxeologiya», «Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari», «Muzeyshunoslik, konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash» mutaxassisliklari bo`yicha qo`shma magistratura tashkil etildi. Bu yo`nalishda ta’lim oluvchi magistrantlarga ma’ruzalarni bir qismini Boloniya va Rim universitetlari olimlari o`qishmokda. Masalan, Boloniya universiteti restavrasiya fakulteti dekani prof. A.Panainno, shu universitet tarixshunos olimi arxeologiya departamenti boshlig`i prof. M.Tozi, Rim universiteti professori A.Cheretto va S.Messeniolar talabalarimizga arxeologiya, tarixshunoslik va manbashunoslik, muzeyshunoslik va badiiy boyliklarni saqlash fanlaridan ma’ruzalar o`qib berdilar. YUNESKO yo`llanmasi bilan kelgan Madrid universiteti professori Mayta Ojeda-Mata, Turkiyalik olim Surayyo Yigit magistrantlarga amaliy mashg`ulotlarni olib borishdi hamda ko`pgina magistrantlarimiz ular rahbarligida o`zlarining magistrlik dissertasiyalarini bajarishdi.
2004 yil 6 noyabr kuni qo`shma magistraturaning yuqorida qayd etilgan mutaxassisliklari bo`yicha bitirgan ilk magistrlariga Boloniya universiteti diplomlarini universitet rektori T.Shirinov va Italiyalik olim S.Messiniyeolar tantanali ravishda topshirdilar.>>>>>
|